18Aug-2025
«Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun» shiori ostida «Umummilliy birlik festivali» doirasida «Mustaqillikka erishgan yillarni eslab» mavzusida Qorao‘zak tumani Adliya bo‘limi va Xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
#Vatan_uchun_Millat_uchun_Xalq_uchun
2025 yil 15 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan «Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun» shiori ostida «Umummilliy birlik festivali» doirasida «Mustaqillikka erishgan yillarni eslab» mavzusida Qorao‘zak tumani Adliya bo‘limi va Xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar inson huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi, xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko)| 🌐 Telegram (https://t.me/qaraozekrmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)
