Kutubxona tarixi
Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 7-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 4354-son qarori asosida 2019-yil noyabr oyidan o’z faoliyatini boshladi. Axborot-kutubxona markazi hozirda Madaniyat markazi binosida joylashgan bo‘lib, maktab o‘quvchilari va mahalliy aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Qorao‘zak tumani axborot-kutubxona markazida 14, 5 ta shtat birligida 15 nafar xodim ishlaydi. Axborot-kutubxona markazida 4 ta bo‘lim bo‘lib,
1. Axborot-bibliografiya xizmati
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati
3. Kitob fondini jamlash, saqlash va qayta ishlash xizmati
4. Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
1 nafar oliy ma’lumotli kutubxonachi, 7 nafar o‘rta maxsus kutubxonachi va 4 nafar oliy ma’lumotli 3 nafar o‘rta ma’lumotli mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
1. Axborot bibliografiya xizmati: Ushbu xizmatning asosiy vazifasi bibliografik qo‘llanmalar hamda adabiyotlarning tavsiya ro‘yxatini tayyorlaydi. Markaz faoliyati haqida bukletlar tayyorlab, ularni jamoat tashkilotlariga, litsey, kollej va maktablarga tarqatib, reklama ishlarini olib boradi.
2. Fondlarni jamlash, saqlash va ularga ishlov berish xizmati: Fondga kelib tushgan kitoblarni qabul qilib, hujjat bilan taqqoslab, kutubxonaning hisob-kitob hujjatlariga yozib boradi.Kitoblarga mualliflik imzosi shifr, inventar raqami, shtempel, kitobga texnik jihatdan kitobga ishlov berish ishlarini olib boradi.Yangi kelgan kitoblarga kartochka yozish va ularni alifbo, sistematik kataloglarga joylashtirib boradi.
3. Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati: Kitob foydalanuvchilar o‘rtasida ommaviy tadbirlar tashkil etadi. Yangi kelib tushgan adabiyotlarni kitobxonlarga ko‘rish va tanishtirish uchun kitob ko‘rgazmalari, kitoblardan og‘zaki bibliografik sharhlar o‘tkazadi. Muassasalar o‘rtasida shartnomalar tuzib, ko‘chma kutubxona ishlarini olib boradi.
4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati: Ushbu xizmat zamonaviy yangi texnologiyalar asosida kitob o‘quvchi va foydalanuvchilarga tezkor va aniq ma’lumotlarni yetkazib beradi. Aholiga zamonaviy internet xizmati skaner, nusxa ko‘chirish, audio disk ma’lumotlaridan foydalanish va kompyuter savodxonligini oshirish, elektron adabiyotlar bo‘yicha kitob iste’molchilaridan kelib tushgan savollarni bajarish maqsadida mavjud imkoniyatlardan foydalanib ma’lumotlar berib boradi. Kitob fondidagi bir dona kitob uyga berilmaydigan bo‘lgani uchun, qo‘lga berilmaydigan qimmatbaho kitoblarni skanerlab boradi.
Axborot-kutubxona markazida bugungi kunda 9358 nomda 24334 dona umumiy fondi mavjud bo‘lib, kitoblar UDK bo‘yicha sohalarga ajratilib, kitob javonlariga joylashtirilgan.
Shundan badiiy adabiyotlar 6156 nomda 17101 ta bo‘lib, umumiy fondning 70,2%, Siyosiy-ijtimoiy adabiyotlar 713 nomda 1803 ta bo‘lib, umumiy fondning 7,4 %, Tabiiy fanlar va aniq fanlar 739 nomda 1705 ta, umumiy fondning 7,0 %, Qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohasi bo‘yicha adabiyotlar 649 nomda 1061 ta, umumiy fondning 4,3 %, san’at va sport sohasida 294 nomda 506 ta, umumiy fondning 2,0%, Adabiyotshunoslik, tilshunoslik bo‘yicha adabiyotlar 595nomda 1764 ta, umumiy fondning 7,2%, Falsafa 42 nomda 111 ta, umumiy fondning 0,4%, Tarix, geografiya fanlari 111 nomda 186 ta, umumiy fondning 0,7%, Umumiy bo‘lim 40 nomda 81 ta, umumiy fondning 0,3%, Diniy bo‘lim 13 nomda 16 ta, umumiy fondning 0,06% ni tashkil etadi.Qorao‘zak tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan telegram: https: //t.me/qaraozek_mko. fecebook: https: //www.facebook.com/profile.php?id=100072546096605&mibextid=ZbWKwL. hám instagramm: https://www.instagram.com/qoraozaktakm internet kanallaridan muntazam ravishda sifatli onlayn xizmatlarini ko‘rsatib bormoqda. Axborot-kutubxona markazi xodimlari har hafta «Zamonaviy mumtoz adabiyotlar» loyihasi doirasida MT va MTBga qarashli maktab va bolalar bog‘chalariga borib, yangi kelayotgan adabiyotlar bilan tanishtirib qiziqarli viktorina o‘yinlarini o‘tkazib, ularning olqishiga sazovor bo‘lmoqda.Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan «Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasida uy sharoitida ta’lim olayotgan o‘quvchilar va katta yoshdagi fuqarolarga sifatli kutubxona xizmati ko‘rsatishdir. Har yili mamlakatimiz bo‘ylab kitobxonlik haftaligini o‘tkazish an’anaga aylanmoqda.