15Jan-2025
«14 yanvar Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlab, «Mening armiyam – mening tayanchim» mavzusida suhbat kechasi tashkil etildi.
#Mening_armiyam_mening_tayanchim
2025 yil 14 yanvar kuni Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi o‘quv zalida «14 yanvar Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlab, «Mening armiyam – mening tayanchim» mavzusida suhbat kechasi tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV uchinchi mintaqaviy hududi Qorao‘zak tumani IIB kadrlar bilan ta’minlash gruhi katta inspektor R.Ernazarov kechani ochib berdi. Butun O‘zbekiston xalqi uchun Vatan himoyachilari kuni katta ahamiyatga ega, bu bayram davlat mustaqilligi va erkinligining ramzi ekani, mamlakatimiz xavfsizligi va manfaatlarini ishonchli ta’minlash yanada dolzarb vazifamizga aylanayotganini, Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z vazifasini sidqidildan o‘tayotgan minglab askarlarimizning munosib hissasi borligini ta’kidladi.
Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Z.Dauenova o‘z so‘zida, tayanchimiz sizlarsiz qalbimizda yangi kunga, Yangi O‘zbekistonga va bugungi tinch hayotimizga shukronalik, kelajakka qat’iy ishonch tuyg‘usi ortadi, deb kecha ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV uchinchi zonali hududi Qorao‘zak tumani IIB tashkiliy bo‘linmasi navbatchilik bo‘linmasi katta inspektor D.Gulimbetov so‘zga chiqib, 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan harbiylarni tabriklab, har bir azamat Vatan himoyachisi hisoblanishi, Vatanimizning ertangi kuni, kelajagi ekanini hech qachon unutmasligi kerakligini ta’kidladi.
