24Jan-2025
«Kitobsevar ona, kitobxon bola» g‘oyasi asosida uchrashuv tashkil etildi.
#Kitobxon_onalar_kuni
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-401-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida har oyning 17 sanasini «Kitobxon onalar» kuni deb nishonlab kelinmoqda. Oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, «Kitobsevarlik oiladan boshlanadi,» «Kitobsevar ona, kitobxon bola» g‘oyasi asosida Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli «Tug’ruqxona» bo‘limida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli «Tug’ruqxona» bo‘limida bolalar bo‘limi shifokori kitobxon onaxonimiz Gulnora opa Jaybergenova, Axborot kutubxona markazi xodimlari va birlashma xodimlari ishtirok etdi. Doimiy kitobxon onamiz G.Jaybergenova o‘zining eng so‘nggi mutolaasi M.Nizanovning «Darbadar» nomli kitobining mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, insoniy fazilatlari haqida keng tushuncha berib o‘tdi.
Uchrashuvda kitob o‘qish natijasida yaxshi bilimlarga ega bo‘lish mumkinligi, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida keng tushuncha berildi. Uchrashuv yakunida uyushma xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
➡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ko’zatib boring👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐 Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)
