18Feb-2025
Jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi keng nishonlandi.
#Mahmudxo‘ja_Behbudiy_150_yoshda
✅2024 yil 27 dekabr kuni Prezidentimiz 2025 yilda Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli yozuvchi va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi PQ-462-son qaroriga asosan.
📚 Qorao‘zak tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari va Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bilan birgalikda jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi keng nishonlandi.
⚡️Unda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston tarixida o‘ta murakkab va sinovli davr bo‘lgan XX asr boshida yuzaga kelgan Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi. U milliy ozodlik harakatining buyuk arbobi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, dunyodagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini o‘zlashtirish orqali xalqning ongini yuksaltirish va ozodlikka erishish yo‘lida o‘z hayotini bag‘ishlagan. Mahmudxo‘ja Behbudiy chor hukumati va mahalliy mutaassib kuchlarning mislsiz qarshiligiga qaramasdan, mamlakatda birinchilar qatorida ilk zamonaviy maktablar tashkil qilish, ular uchun zarur darsliklar yaratish, nashriyot va teatrlar qurish ishlariga bosh-qosh bo‘ldi. Mohir publitsist sifatida o‘z davrining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan qator salmoqli asarlar va ikki yuzdan ortiq maqolalar yaratdi. Shu bilan birga, “Samarqand” gazetasi hamda “Oyina” jurnaliga asos soldi. 1914-yilda “Turon” teatrida sahnalashtirilgan “Padarkush” pesasi orqali hududda teatr san’atining tamal toshini qo‘yib, kelajak avlodga katta meros qoldirganini aytib o‘tdi.
➡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ko’zatib boring👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (http://t.me/+TWTsA_ZipVpIsDWb) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐 Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)
