18Feb-2025
“Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz” mavzusida tuman Ishki ishlar xodimlari va aholi o’rtasida tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda aholi o’zlariga kerakli ma’lumotlarni oldi.
#Inson_huquqlari
Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlari – bu insonning tug’ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir.
📚31-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida” gi 2023- yil 7- fevraldagi PQ-46-son qarori va Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 21-fevraldagi 13-sonli buyrugi ijrosini ta’minlash maqsadida “Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz” mavzusida tuman Ishki ishlar xodimlari va aholi o’rtasida tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda aholi o’zlariga kerakli ma’lumotlarni oldi.
Unda so’zga chiqqanlar Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi haqida aytib o’tdi.
➡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ko’zatib boring👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (http://t.me/+TWTsA_ZipVpIsDWb) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐 Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)
