18Feb-2025
Hududidagi umumta’lim maktablarida ta’lim oluvchi o‘quvchi yoshlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Avval xabar berganimizdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qorao‘zak tumani bo‘limi, Milliy gvardiya tuman bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Axborot kutubxona markazi, Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda tumanimizdagi «Quralpa,» «Ak.S.Kamalov,» «Qorao‘zak,» «Esimo‘zak» va «Qo‘yboq» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi umumta’lim maktablarida ta’lim oluvchi o‘quvchi yoshlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini, masofaga o‘q otish musobaqalari o‘tkazilgan edi.
Bugun tumanimizdagi «Qutli makon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi madaniyat bo‘limida yuqoridagi hududlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari ishtirokida «Zakovat» intellektual o‘yinining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 11, 13, 17 va 19-sonli maktab o‘quvchilaridan iborat guruhlar ishtirok etdi.
O‘yin davomida berilgan savollarga o‘quvchilar chaqqonlik va epchillik bilan javob berdilar. O‘yin o‘z-aro qizg‘in belleshuvlarga boy bo‘ldi.
