20Feb-2025
Ilmli ayol jamiyat ko’zgusi
#Ilmli_ayol_jamiyat_ko’zgusi
Ayol – jamiyat gultoji, borliq ko’zgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollar kamol topishiga, etuk insonlar bo’lib voyaga etishiga zamin yaratadi. Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi. Xotin-qizlarni ezozlagan va qadrlagan yurtning buguni ham, ertasi ham shubhasiz farovon bo’ladi.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-401-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot kutubxona markazida “Ilmli ayol-jamiyat ko’zgusi” mavzusida 11-fevral Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan Qorao’zak tumani Oila va xotin qizlar bo’limi bilan birgalikta ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🖌Uchrashuvda so’zga chiqqanlar o’zlarining mehnat yollari, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari va qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlari haqida so’zlab berdi.Shu bilan birga oliy talim sohasidagi yangiliklar, yurtimizning sanatdagi yutuqlari, ilm-fan olamining chuqur sirlari haqida batafsil malumot berib, yoshlarga Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakda o’z kasbiga sodiq etuk kadrlar bo’lib etishishga chaqirdi.
➡️Bizdi social tarmaqlarda baqlap barıń👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐 Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)
