06Mar-2025
Axborot-kutubxona markazi mutaxasisslari tomonidan “Jadidlar izidan”nomli kitoblari asosida davra suhbati va ko’rgazma tashkillashtirildi.
#Jadidlar_izidan
Qorao’zak tumani axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxasisslari tomonidan “Jadidlar” kitobi to’plamini targ’ib qilish,bobolarimiz merosini chuqur o’rganish, ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida yoshlarning xabardorligini oshirish maqsadida “Jadidlar izidan”nomli kitoblari asosida davra suhbati va ko’rgazma tashkillashtirildi. Suhbatga tumanimizning 33-sonli maktab oqiuvchilari qatnashdi. Ko’rgazmada Jadid bobolarimizning ibratli hayotini yoshlar o’rtasida keng targ‘ib qilish uchun “Jadidlar” to‘plami o‘zbek jadidchiligining yirik vakillarining hayoti, asarlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olganligini, yoshlarimiz ma’rifatparvar ota-bobolarimiz Vatan taraqqiyoti uchun jon kuydiradi. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktablar, teatr, kutubxona, muzeylar, gazeta-jurnallar va maktablar uchun darsliklar tuzishib,faoliyat ko‘rsatganligi haqida ma’lumotlar berildi.
