20Mar-2025
O‘zbek xalqining ardoqli shoirasi, taniqli davlat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan «Sen bahorni sog‘inmadingmi» mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati o‘tkazildi.
O‘ngirlarda sakraydi ohu,
Na’matakda sa’va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?
🌟2025 yil Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbek xalqining ardoqli shoirasi, taniqli davlat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan «Sen bahorni sog‘inmadingmi» mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida Z.Isroilovaning hayoti va ijodiy yo‘li, ijtimoiy faoliyati haqida ma’lumotlar berilib, Zulfiya ijodida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og‘zaki ijodi va jahon adabiyoti durdonalarining roli katta bo‘lganligi haqida so‘zlab berildi. Kecha so‘nggida kitobxonlar klubi a’zolari Zulfiyaning she’rlaridan ijro etdi.
➡️Kitapxananıń social tarmaqlarına aǵza boliń jáne adam qosip barıń👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)
