21Apr-2025
Qorao‘zak tumani Madaniyat markazining zalida Qorao‘zak tumani Axborot kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
#Kitobxonlik_haftaligi
💥Qorao‘zak tumani Madaniyat markazining zalida Qorao‘zak tumani Axborot kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda hamkor muassasa va tashkilotlar mutaxassislari hamda kitobxon yoshlar ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar, ishtirokchilar va o‘quvchi yoshlarga kitob – bu ma’naviy ozuqa, kitobxonlik esa eng oliy fazilat ekani tushuntirilib, Kitob o‘qish orqali biz tinchroq va chidamliroq bo‘lamiz, uzoq vaqt oralig‘ida bir narsaga e’tibor qaratish haqida kitob bilan do‘st bo‘lishga, uni qadrlashga chaqirdi.
💦Tadbir davomida «Yangi O‘zbekistonning yosh ijodkorlari» mavzusida Qorao‘zak tumani Prezident muassasalari agentligiga qarashli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ishtirokida she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko)| 🌐 Telegram (https://t.me/qaraozekrmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)Telegram (https://t.me/qaraozekrmko)
