21Apr-2025
2025-yil 21-aprel kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Zakovatli yoshlar yurt tayanchi» mavzusida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi
#Kitobxonlik_haftaligi
📕O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining «2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 21-aprel kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Zakovatli yoshlar yurt tayanchi» mavzusida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.
📗O‘yin davomida berilgan savollarga guruh ishtirokchilari chaqqonlik va epchillik bilan javoblar berishdi. O‘yin o‘zaro qizg‘in bahslarga boy bo‘lib, jami 3 ta guruh o‘zaro bellashdi.
📘O‘yin yakunida I o‘rinni Qorao‘zak tumanlararo Mudofaa bo‘limining «Qo‘riqchilar» guruhi, II o‘rinni Ichki ishlar bo‘limining «Tinchlik posboni,» III o‘rinni Qorao‘zak tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining «Qutqaruvchilar» guruhi egalladi va g‘oliblar munosib taqdirlandi.
