22Apr-2025
«Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Ma’naviy oziq ulashib» mavzusida Xalq deputatlari bilan uchrashuv
#Kitobxonlik_haftaligi
📕O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining «2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 22-aprel kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Ma’naviy oziq ulashib» mavzusida Xalq deputatlari Qorao‘zak tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⚡️Uchrashuvda B.Nietullaev, G.Mnajatdinova, A.Kelimbetova, S.Sayımova hám M.Qazaxbaevlar ishtirok etdi.
Deputatlar tomonidan kitobxonlikni ommalashtirish borasida yangi qabul qilingan qonun, qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati hamda ularda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng deputatlar axborot-kutubxona markazi faoliyati va kitob fondi bilan tanishib, kitobxonlikni ommalashtirish bo‘yicha fikr almashdi.
