24Apr-2025
«Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Buyuk jadid bobolarimiz yoshlar nigohida» mavzusida suhbat kechasi bo‘lib o‘tdi.
#Kitobxonlik_haftaligi
📌V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida 2025-yil 24-aprel kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida maktabgacha va Maktab ta’limi bo’limiga qarashli 1-33-sonli maktab o‘quvchilari va kutubxonachilari bilan birgalikda jadidchilik harakatining asoschisi, mashhur yozuvchi va jamoat arbobi, muharrir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan, «Buyuk jadid bobolarimiz yoshlar nigohida» mavzusida yozuvchining tanlangan asarlari to‘plami, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan suhbat kechasi bo‘lib o‘tdi va Axborot-kutubxona markazi Ma’lumot-bibliografiya xizmati rahbari B.Qosimbetova Behbudiy Rossiya imperiyasi hududida yashayotgan musulmonlar va turkiy xalqlarning tinch-osoyishtaligi uchun izchil kurashgani haqida aytib o`tdi.

