25Apr-2025
«Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Kelajak avlodga kitob sovg‘a qilaman» mavzusida aksiya bo‘lib o‘tdi.
#Kitobxonlik_haftaligi
#Aksiya
Dunyoda odam sog‘lig‘idan tashqari, kitobni hech narsa bilan baholab bo‘lmaydigan asl narsa.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining «2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 25-aprel kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «O‘zbekiston-kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Kelajak avlodga kitob sovg‘a qilaman» mavzusida aksiya bo‘lib o‘tdi. Aksiyada tumandagi barcha muassasa, tashkilot rahbarlari va faol kitobxonlar faol ishtirok etdi.
🔹Aksiya ishtirokchilari tuman Axborot-kutubxona markaziga 86 nomdagi 102 dona adabiy va turli sohalarga oid kitoblarni sovg‘a sifatida topshirdi.
Ushbu xayrli va savobli ish orqali yurtimiz kelajagi egalarining kamoloti yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shgan kitobxonlar va muassasa, tashkilot rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
