19May-2025
«Adabiyotimizning qo‘sh boyteragi» mavzusida adabiy kecha
#Adabiyotimizning_qo‘sh_boyteragi
✨2025 yil 6 may kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazi, Qorao‘zak tumani Prezident muassasalari agentligiga qarashli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikta O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri I.Yusupov, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi T.Qayipbergenov tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlab «Adabiyotimizning qo‘sh boyteragi» mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.
✨Kechani maktab direktori A.Zarekeev ochib berdi. Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari G.Jaybergenova va D.Paznatdinovalar shoir va yozuvchining hayoti va ijodi haqida so‘zlab o‘tib, maktab o‘quvchilari kechada shoir va yozuvchining qalamidan yaratilgan adabiy o‘qishlari, she’riy satrlari, sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdi.
