19May-2025
«Kitobxonlik oiladan boshlanadi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1993-yilda oilalar bilan bog’liq muammolardan xabardorlikni oshirish va ularga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni oshirish maqsadida Xalqaro oila kuni deb e’lon qildi.
Axborot-kutubxona markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-401-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 36-bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Madaniyat markazi»da «Kitobxonlik oiladan boshlanadi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Madaniyat markazi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga zavq bag‘ishlanadi.
