25Jun-2025
Mahmudxo‘ja Behbudiy 150 yoshda
Mahmudxo‘ja Behbudiy 150 yoshda
Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari
Joriy yilning 24-iyun kuni axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida keng jamoatchilik ishtirokida «Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari» mavzusida davra suhbati va taqdimot o‘tkazildi.
Xalq ma’naviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati haqidagi asarlarni o‘qib, o‘quvchi o‘zini shu yurtning ongli fuqarosi, vatan va millat taqdiri uchun mas’ul inson sifatida ko‘rsatishga yo‘l topishi haqida ta’sirchan fikrlar bildirildi. O‘tkazilgan tadbirda 23 nafar kitobxon ishtirok etdi.
