21Jul-2025
«Huquqiy jamiyat – adolatli jamiyat» mavzusida kitobxonlar bilan davra suhbati va inson huquqlariga oid kitoblardan ko’rgazma tashkil qilindi.
#Inson_huquqlari
Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlari – bu insonning tug’ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir.
📚O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida” gi 2023- yil 7- fevraldagi PQ-46-son qarori va Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 21-fevraldagi 13-sonli buyrugi ijrosini ta’minlash maqsadida «Huquqiy jamiyat – adolatli jamiyat» mavzusida kitobxonlar bilan davra suhbati va inson huquqlariga oid kitoblardan ko’rgazma tashkil qilindi.
