21Jul-2025
“Buyuk ajdodlarimizga ehtirom” mavzusida o’rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur bobomizhotirasiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi.
#Buyuk_ajdodlarimizga_ehtirom
🌺2025-yil 18-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-fevral kungi 15-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadida Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida “Buyuk ajdodlarimizga ehtirom” mavzusida o’rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur bobomizhotirasiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida kitob ko’rgazma ham tashkil qilindi.
Tarix – milliy o‘zligimizni anglash, buyuk ajdodlarimizga yuksak ehtirom ko‘rsatish hissini uyg‘otadi. Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo’lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O’zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.
Sh.M.Mirziyoyev
