13Aug-2025
Inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi haqida ma’lumotlar berildi va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
#Inson_huquqlari
Inson huquqlarini erkin va samarali amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlari – bu insonning tug‘ilganidan to vafotiga qadar butun hayoti davomida unga hamroh bo‘ladigan huquq va erkinliklardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2023 yil 7 fevraldagi PQ-46-sonli qarori va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023 yil 21 fevraldagi 13-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida kitobxon o‘quvchilarga Inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, har bir inson o‘z huquqlarini to‘liq bilishi kerakligi va inson huquqlariga oid adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi.
