16Oct-2025
«Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz»shiori ostida nishonlanadigan Xalqaro qizlar kuniga baǵishlab o‘quvchi yoshlar ishtirokida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.
#Qizlar_kuni
🔷Joriy yilda butun dunyoda «Qizlar o‘zgarishlar yetakchisi sifatida” shiori ostida nishonlanadigan 11-oktabr – Xalqaro qizlar kunini respublikada yuqori saviyada tashkil etish, qizlarning muvaffaqiyatlari va yutuqlarini keng targ’ib etish, ularning barcha yo‘nalishlardagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-oktabrdagi 57-son majlisi bayoni qarori topshiriqlarini va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 7-oktabrdagi 69-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 6-11oktabr kunlari «Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz»shiori ostida nishonlanadigan Xalqaro qizlar kuniga baǵishlab Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qorao‘zak tumani bo‘limi hamda Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda tumanimizdagi politexnikumda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar ishtirokida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.
🔶O‘yinni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning ma’naviy olamini kengaytirish, ularning tafakkurini boyitish, ilm-fanga, kitobxonlikka, mustaqil fikrlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
🔹 Tadbirda o‘quvchi yoshlardan iborat jamoalar ishtirok etib, berilgan savollarga o‘zlarining epchilliklari va ziyrakliklari bilan javoblar berdi.
🔹 O‘yin yakunida o‘zlarining bilimdonligi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan guruhlarga tashkilotchilar tomonidan diplomlar topshirildi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko)| 🌐 Telegram (https://t.me/qaraozekrmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)