29Oct-2025
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida kutubxonachilar o‘rtasida «Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi» 2025-yil tanlovining II-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
➤ «Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi» 2025-yil tanlovining II-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida kutubxonachilar o‘rtasida «Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi» 2025-yil tanlovining II bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan mas’ul mutaxassis Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etdi va tanlov jarayonini kuzatib bordi.
Tanlovda ishtirokchilar o‘z ishlari, yutuqlari va ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kutubxona xizmatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimotlar o‘tkazdi. Baholash natijalariga ko‘ra, quyidagi kutubxonachilar g‘olib deb topildi:
🔹1-o‘rin: Ametova Saltanat Tolibekovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi
🔹2-o‘rin: Jumaniyazova Nasiba Aytmuxanbetovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi
🔹2-o‘rin: Annametova Sapargul Xalmanovna – Beruniy tumani axborot-kutubxona markazi
🔹3-o‘rin: Qosimbetova Bibisanam Jumabayevna
G‘oliblar diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
📌 Ushbu tadbir kutubxonachilar o‘rtasida kasbiy mahoratni oshirish, tajriba almashish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirildi.
