07Nov-2025
«Bag‘rikenglik mening nazarimda» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
«Bag‘rikenglik mening nazarimda»
🔹 29-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-fevral kungi 15-sonli buyrug’in bajarish maqsadida Qorao‘zak tumani Qutli makon MFY hududida joylashgan 28-sonli umumiy ta’lim maktabida «Bag‘rikenglik mening nazarimda» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan turli millat vakillarining qo‘shiq va raqslarining konsert dasturi namoyish etildi. Yosh ijodkorlar o‘z chiqishlari orqali yurtimizdagi ko‘pmillatli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik muhitini yorqin aks ettirdi.
🔹 Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida bag‘rikenglik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
