11Nov-2025
«INFOLIB UZBEKISTON-2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
#INFOLIB_O‘ZBEKISTON_2025_haftaligining_ochilish_marosimi
Inson dunyoga kelar ekan, u ma’naviy va moddiy boylikka ega bo‘ladi. Bugungi kunda davlatimiz kitobxonlik va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Inson turli badiiy adabiyotlarni o‘qish orqali vatanni sevish, ota-onani, ustozni hurmat qilish, odamiylik, insonparvarlik kabi yuksak fazilatlarga ega bo‘ladi.
💥O‘zbekiston Respublikasi Oliy fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi «2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik kechalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 490-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 10-14-noyabr kunlari «INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirildi. Shu munosabat bilan Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «INFOLIB UZBEKISTON-2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔶Haftalik bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri axborot-kutubxona markazlarida tashkil etilmoqda.
🔷Ochilish marosimida Nuroniylar jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, Maktabgacha va MTVga qarashli maktab kutubxonachilari va nuroniy kitobxonlar ishtirok etdi.
🔥Ushbu haftalikni o‘tkazishdan asosiy maqsad-axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlik va kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarning intellektual bilimi va saviyasini oshirishdan iborat.
✨Mehmonlar bugungi bayram bilan tabrikladi va fikr-mulohazalar bildirib, hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
