14Nov-2025
“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Elektron resurslar va internet xizmatlari, Kutubxona elektron bazalari, elektron kitoblar va interaktiv dasturlardan foydalanishni tashkil etish» mavzusida kutubxona xodimlari va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
#INFOLIB_2025
2025-yil 12-noyabr kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Elektron resurslar va internet xizmatlari, Kutubxona elektron bazalari, elektron kitoblar va interaktiv dasturlardan foydalanishni tashkil etish» mavzusida kutubxona xodimlari va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu suhbatda kutubxona xizmatlarining zamonaviy rivojlanishiga oid masalalar va elektron resurslar haqida so’z yuritildi. Shuningdek, AKM rahbari M. Utepbayeva:Elektron resurslar fondini boyitish maqsadida kitoblarni raqamlashtirish ishlari, kitoblardan tashqari foydalanuvchilar uchun hujjatni skanerlash, kseronusxa olish, matnni printerda chop qilish va boshqa shu kabi xizmatlar ham yoʻlga qoʻyilganligi haqida yanada taqdim etayotgan elektron kitoblarning afzalliklari, internet xizmatlari, elektron resurslar orqali foydalanuvchilarga qanday xizmatlar ko’rsatishi haqida batafsil ma’lumot berdi. Davra suhbat davomida o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
