14Nov-2025
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «Qiziqarli kutubxonada» nomi ostida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi kutubxonasida sayohatda bo‘ldi.
#INFOLIB_O‘ZBEKISTON_2025_haftaligi
📌O‘zbekiston Respublikasi Oliy fan va innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi «2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik kechalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 490-sonli buyrug‘iga asosan, shu yilning 10-14-noyabr kunlari «INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazish rejalashtirildi.
📌Shu munosabat bilan Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari «Qiziqarli kutubxonada» nomi ostida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi kutubxonasida sayohatda bo‘ldi.
Sayohat davomida kutubxona mutaxassislari yangi kelgan adabiyotlarning qisqacha mazmuni bilan tanishdi. O‘z navbatida kutubxona mutaxassislari ham kutubxona sohasi bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdi.
