18Nov-2025
Qorao‘zak tumani Madaniyat markazida 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan «O‘zbekiston yagona Vatan!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN!
Ma’lumki, yurtimizda ko‘plab millat va elatlar, turli diniy e’tiqodga ega insonlar ahil-inoq yashab, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Bu – xalqimizning ulug‘ fazilatlari bo‘lgan bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatning yorqin ifodasidir.
Bugun Qorao‘zak tumani Madaniyat markazida 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan «O‘zbekiston yagona Vatan!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari I.Qosiboyev, bir qator idora va tashkilot rahbarlari so‘zga chiqib, yurtimizda millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tantanali, qizg‘in ruhda o‘tgan ushbu tadbir xalqimizga xos bag‘rikenglik, insonparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularini targ‘ib etishga xizmat qildi. Tadbir yakunida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi
