05Mar-2026
«Kitob – ma’rifat manbai» mavzusida kitob o‘qish soati tashkil etildi
Kitob_ma’rifat_manbai
Qorao‘zak tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PP-9-sonli qarorining 4-ilovasining ijrosini ta’minlash maqsadida Qorao‘zak tumani IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati bo‘limida «Kitob – ma’rifat manbai» mavzusida kitob o‘qish soati tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat. Tadbir ishtirokchilari kitob mutolaasi inson kamoloti va ma’rifiy jamiyat barpo etishda muhim omil ekanini alohida ta’kidladi. Kitob – insonni ezgulikka yetaklovchi, tafakkurini yuksaltiruvchi va ma’naviy olamini boyituvchi beqiyos manbadir
