06Mar-2026
«O‘ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“O‘ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ”
2026-yil 15-fevral – 15-mart kunlari “Ayollarni e’zozlash” oyligini o‘tkazish to‘g‘risida, O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi majlisining 2026-yil 27-yanvardagi 2-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyatda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Qorao‘zak tumani «Ǵárezsizlik gúzarı» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabda «O‘ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔹 Unda so‘zga chiqqanlar tomonidan Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarimiz teng huquq va erkinliklarga ega ekani kafolatlab qo‘yilganiga e’tibor qaratilib, ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash, har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi bo‘yicha aytib o‘tildi.
