10Mar-2026
«Kitob – ma’rifat manbai» doirasida «Bir kunda bir saxifa» tashabbusi
«Kitob – ma’rifat manbai» doirasida «Bir kunda bir saxifa» tashabbusi
2026 yil 15 yanvardagi PQ-9-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq, «Kitob – ma’rifat manbai» g‘oyasini keng targ‘ib qilish maqsadida «Bir kunda bir bet» nomli umummilliy onlayn tashabbus yo‘lga qo‘yilmoqda. Tashabbusning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, har kuni kamida bir bet kitob o‘qishga rag‘batlantirishdan iborat. Bu tashabbus orqali kitobxonlikni ommalashtirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash hamda jamiyatda bilim va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Barcha kitobxonlar ushbu tashabbusda faol ishtirok etishga da’vat etiladi.
