21Aug-2026
Mustaqilligimizga 35 yilligi munosabati bilan «Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul» ko‘rik tanlovining Qorao‘zak tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
#Mustaqilligimizga_35_yil
«Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul» ko‘rik tanlovining Qorao‘zak tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning asosiy maqsadi mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni takomillashtirish, yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarining o‘rni va roli, bu borada ularning boy hayotiy tajribasidan foydalanish va ijtimoiy faolligini oshirishdir.Tanlov uch bosqichda o‘tkazildi. Nuroniylar o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash, ularni ish bilan ta’minlash, o‘zi qiziqqan mutaxassislikka ega bo‘lishi uchun kasbga o‘qitish, davlat subsidiya mablag‘lari hisobidan bandligini ta’minlash, oilalarda ajrimlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari haqida fotoalbomlar bilan ishtirok etdi.Tanlovda Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt | 🌐 Telegram| 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐Instagramm|🌐Youtube
