12Oct-2026
1-oktyabr – «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Zakovat» intellektual o’yini tashkil etildi.
📚 «Zakovat» intellektual o’yini: Ustozlar sharafiga munosib sovg’a!
25 сентября в 17:40
1-oktyabr – «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan Qorao’zak tumani «Madeniyat» OFYdagi 24-sonli umumta’lim maktabida haqiqiy bilim va zakovat bellashuvi bo’lib o’tdi. Bayramona ruhda o’tgan tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qorao’zak tuman bo’linmasi hamda Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ushbu bilimlar bellashuvida maktabimizning bilimdon va jonkuyar o’qituvchilardan iborat jamoalari o’zaro bahslashib, o’zlarining zukkoligi, jamoada ishlash qobiliyati va keng dunyoqarashlarini namoyish etishdi.
Qiziqarli kechgan o’yin yakunida g’olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar. Ushbu tadbir ustozlarimiz uchun bayram oldidan ajoyib kayfiyat va unutilmas taassurot ulashdi!
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan yana bir bor tabriklaymiz!
