16Oct-2026
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida umummilliy diktant loyihasi amalga oshirildi.
#O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yil
📚 QORAO‘ZAKDA UMUMMILLIY DIKTANT O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi «Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-308-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida umummilliy diktant loyihasi amalga oshirildi.
Unda tumanimizdagi muassasa va korxonalarda ishlovchi xodimlar faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Tadbir davomida ishtirokchilar til qoidalariga amal qilish, so‘zlarni to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdi.
“Umummilliy diktant loyihasi” davlat tiliga bo‘lgan hurmatni oshirish, til savodxonligini rivojlantirish, rasmiy ish qog‘ozlarini davlat tilida to‘g‘ri va savodli yuritish madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

