23Oct-2026
Qorao‘zak tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Til — millat ko‘zgusi» nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qorao‘zak tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Til — millat ko‘zgusi» nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab jamoasi, ustozlar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etib, davlat tilimizga bag‘ishlangan va uning tarixiy ahamiyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi, shoir hamda mutafakkirlarimizning ona tili haqidagi durdona she’rlarini o‘qib, bayramona kuy-qo‘shiqlarni ijro etishdi.
Tilimizni asrab-avaylash, uning mavqeini yanada yuksaltirish va kelajak avlodga sof holda yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni barchamizga muborak bo‘lsin!
