17Nov-2026
“Köçma kutubxona – sizning mehmoningiz!” nomli köçma kutubxona taşkil etildi
“Köçma kutubxona – sizning mehmoningiz!” nomli köçma kutubxona taşkil etildi
Kitob – ma’naviyat va ma’rifat manbai! Kitobxonlik sari birgalikda qadam taşlaylik!
🌐Qoraözak tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «INFOLIB ÖZBEKISTON – 2026» XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Köçma kutubxona – sizning mehmoningiz!” şiori ostida Qoraözak tumani Prezident muassasalari agentligiga qaraşli tuman ixtisoslaştirilgan maktabda köçma kutubxona taşkil etildi.
💠Tadbirning asosiy maqsadi – kutubxona xizmatlarini keng tarğib qiliş, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, kitob öqishga bölgan qiziqişini oşiriş hamda kitobxonlarga yanada qulay imkoniyatlar yaratişdan iborat.
🌀Köçma kutubxona orqali kitobxonlarga turli mavzulardagi badiiy adabiyotlar, bolalar kitoblari, tarixiy asarlar, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy naşrlar taqdim etildi. Şuningdek, iştirokçilarga yangi adabiyotlar va kutubxona xizmatlari haqida ma’lumotlar berildi.
🔰Bunday tadbirlar aholining barça qatlamlarini kitob mutolaasiga jalb etiş, yoş avlodning bilim va dunyoqaraşini kengaytiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş hamda kutubxona va kitobxonlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
➡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
🌐Veb-sayt | 🌐 Telegram| 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐Instagramm|🌐Youtube
