30Jun-2025
«Kitobxonlik oiladan boshlanadi,» «Kitobxon ona, kitobxon bola» g‘oyasi asosida Qorao‘zak tumani Axborot kutubxona markazida uchrashuv tashkil etildi.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-401-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida har oyning 17-sanasi «Kitobxon onalar» kuni deb belgilanib kelinmoqda. Oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida, «Kitobxonlik oiladan boshlanadi,» «Kitobxon ona, kitobxon bola» g‘oyasi asosida Qorao‘zak tumani Axborot kutubxona markazida uchrashuv tashkil etildi.
🖌Uchrashuvga nuroniy kitobxon onamiz Nurekeeva Sarbinaz opa o‘zining eng so‘nggi o‘qigan kitoblarining mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, insoniy fazilatlari haqida keng tushuncha berib o‘tdi.
📚Uchrashuvda Kitob ota-onamiz kabi bizni tarbiyalaydi, hayotni o‘rgatadi. Necha asrlar avval o‘tgan ajdodlar hayoti va ulardagi urf-odat, an’analar, qarashlar bizgacha kitob orqali yetib kelgan. Buni yoshlarimiz adabiy kitoblarni o‘qiganda insonning, bilim doirasi, intellektualligi oshadi, aqliy tafakkuri hamda ichki ruhiy dunyosi boyib boradi. Bunda insonning barcha bilish jarayonlari rivojlanadi, diqqati jamlanadi hamda xotira qobiliyati rivojlanadi, natijada aqliy tarbiya yuzaga keladi. Shuni aniq aytish kerakki, zamonaviy inson kelajak odamlari kitobsiz yashashi mumkin emas. Kitob o‘qish – bu insonning hayotdagi o‘sish, rivojlanish, kamol topish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, mustaqil ta’lim olishdan iborat. Bu esa eng avvalo oilada paydo bo‘ladi. Ota-ona, farzandiga eng birinchi qiziq ertaklar o‘qib bergan kundan boshlanadi deb aytib o’tdi.
