31Jul-2025
30-iyul «Xalqlar doʻstligi kuni» munosabati bilan Qorao‘zak tumani Madaniyat markazida «Yoshlarga milliy urf odatlarimizni qadiriyatlarimizni singdirish» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
#Xalqlar_do‘stligi_kuni
Dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni deb qabul qilingan 30-iyul sanasi mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb e’lon qilingan bo‘lib, o‘ziga xos bayram sifatida keng nishonlash an’anaga aylangan.
2025-yil 28-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-fevral kungi 15-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadida 30-iyul «Xalqlar doʻstligi kuni» munosabati bilan Qorao‘zak tumani Madaniyat markazida «Yoshlarga milliy urf odatlarimizni qadiriyatlarimizni singdirish» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, jamiyatda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida keng tarzda ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, shu kuni «Doslıq ırǵaqları» nomli konsert dasturlari, hunarmandchilik va tasviriy san’at hamda kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Tadbir yakunida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari barchaga zavq bag‘ishladi.
➡️ Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń 👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (https://t.me/Qaraozekmko)| 🌐 Telegram (https://t.me/qaraozekrmko) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)|🌐Youtube (https://www.youtube.com/@Qara%C3%B5zekRMKO)
