07Nov-2025
«Yoshlarga milliy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni singdirish mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
#Yoshlarga_milliy_urf_odatlarimizni_qadriyatlarimizni_singdirish
🔷 30-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-fevral kungi 15-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadida Qorao‘zak tumani 2-sonli maktabda «Yoshlarga milliy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni singdirish» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida milliylik va milliy urf-odatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
🔷Bu tadbirni o’tkazishdan maqsad Milliy urf-odatlar hayotimizning har bir sohasiga singib ketgan bo’lib, bu urf-odatlar bizni aynan qaysi xalq vakili ekanligimizni ko’rsatuvchi izoh, ya’ni, bizning kim ekanligimizni isbotlovchi dalil hisoblanadi. Chunki, ma’naviy barkamol yoshlarni o’ziga xos bo’lgan milliy urf-odatlar xayr-saxovat, mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharm-hayo, iffat, bosiqlik, ulug’vorlik, sabrlilik kabi ma’naviy fazilatlar, mehmondo’stlik, bag’rikenglik, bolajonlilik, oqko’ngillilik, mehnatkashlik kabi milliy qadriyatlar aynan urf-odat an’analarda qaror topadi. Shunday ekan qadriyatlarning barcha turlari insonning ayniqsa, yoshlarning farovon hayot kechirishi, erkin yashashi, ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo’lib hisoblanadi.
🔷Yoshlar dunyoqarashida milliy-ma’naviy qadriyatlarga tayanish, uning talqini va jamiyatimizda iqtisodiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda tutgan о‘rni bugungi muhim muammolar jumlasidandir. Yoshlarning milliy-ma’naviy qadriyatlarga nisbatan ishonch va e’tiqodining mustahkam bо‘lishi О‘zbekiston tanlagan о‘ziga hos va mos taraqqiyot yо‘li talablaridan kelib chiqadi hamda yoshlar oldiga aniq vazifalarni qо‘yadi
