26Nov-2024
«Kitobsevarlik oiladan boshlanadi, «Kitobsevar ona, kitobxon bola» g‘oyasi asosida Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida uchrashuv tashkil etildi.
Kitobxon onalar kuni bo‘lib o‘tdi.
📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi «Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-401-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida har oyning 17-sanasi «Kitobxon onalar» kuni etib belgilanib kelinmoqda. Oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, «Kitobsevarlik oiladan boshlanadi,» «Kitobsevar ona, kitobxon bola» g‘oyasi asosida Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida uchrashuv tashkil etildi.
Unda bugungi kunda Madaniyat markazi xodimi O‘tepbergenova Zamira opa, Axborot kutubxona markazi xodimlari, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda kitob o‘qish natijasida yaxshi bilimlarga ega bo‘lish mumkinligi, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida keng tushuncha berildi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
➡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (http://t.me/+TWTsA_ZipVpIsDWb) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐 Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)
