13Dec-2024
Axborot kutubxona markazi xodimlari kunni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini kuylash bilan boshladi.
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor!
1992-yil 10-dekabr kuni davlatimiz ramzlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligi Vatanimiz tarixi sahifalariga zarxal harflar ila bitilgan unutilmas voqeadir.
Mohir bastakor M.Burhonov o‘zining eng buyuk asari Madhiyamizning musiqasini ya’ni, Vatanimiz ovozining dunyo sahnalarida jarangdor va ohangdorlik ila yangrashining mukammal namunasini yaratgan.
Madhiya matnini esa O‘zbekiston Qaxramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov yozgan.
Madhiya mustaqil davlatning belgisi, hamdu-sanosi va ayrilmas nishonasidir. Har bir xalq o‘z davlat ramzlariga ega. Ushbu ramzlar ichida davlat madhiyasining o‘rni va ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Shu sana munosabati bilan Qorao’zak tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari kunni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini kuylash bilan boshladi.
➡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ko’zatib boring👇
🌐Veb-sayt (https://qaraozekrmko.uz/) | 🌐 Telegram (http://t.me/+TWTsA_ZipVpIsDWb) | 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100088414212503) | 🌐 Instagramm (https://www.instagram.com/qoraozaktakm/)
