27Mar-2025
Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «Yoshlarga milliy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni singdirish» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
#Yoshlarga_milliy_urf_odatlarimizni_qadriyatlarimizni_singdirish
🔹2025-yil 27-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-fevral kungi 15-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadida Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «Yoshlarga milliy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni singdirish» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qorao‘zak tumani Maktabgacha va MTV tasarrufidagi 9-sonli bolalar bog‘chasi jamoasi ishtirok etdi. Tadbir davomida bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan milliylik va milliy urf-odatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
