22Apr-2025
«Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Keling! Ko’ring! O‘qing!» mavzusida Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi M.Nizanovning «Ajiniyoz» kitobining taqdimoti
#Kitobxonlik_haftaligi
📕O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining «2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 22-aprel kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Keling! Ko’ring! O‘qing!» mavzusida Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi M.Nizanovning «Ajiniyoz» kitobining taqdimoti va yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
📗Tadbir davomida fondlarni jamlash, saqlash va ularga ishlov berish xizmati boshlig‘i Z.Davletnazarova M.Nizanovning «Ajiniyoz» badiiy-publitsistik filmi senariysining yaratilish tarixi haqida keng ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
✨Ushbu tadbirda 33-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisi va o‘quvchilari hamda bir qator «Kitobxonlar klubi» a’zolari ham ishtirok etdi.
