24Apr-2025
«Kitobxonlik haftaligi» doirasida «O‘lkamiz adib va shoirlari» mavzusida adabiy uchrashuv
#Kitobxonlik_haftaligi
📕O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining «2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 23-aprel kuni Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazida «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «O‘lkamiz adib va shoirlari» mavzusida adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✨Uchrashuvga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir B.Saribayev, «Shuhrat» medali sohibasi Guldarixa Orazimbetovalar mehmon bo‘ldi. Mehmonlarimiz o‘z so‘zida kelajagimiz bo‘lgan yoshlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlarini bildirdi.
📗Shoir B.Sariboyev tomonidan o‘zining qalamiga tegishli bo‘lgan kitoblarini sovg‘a qildi va o‘quvchi-yoshlarga bu kitob bo‘yicha keng ma’lumotlar berildi.
📌 Bu kitoblar kutubxonamiz fondini boyitish bilan birga, o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirib, yangi bilimlar beradi, ularning dunyoqarashini kengaytiradi va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi deb ishonamiz.
