24Apr-2025
Shekspirning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab uning hayoti va asarlari haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.
#Kitobxonlik_haftaligi
✅ «Kitobxonlik haftaligi» doirasida bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli qarashli 1-33-sonli maktab o‘quvchilari va kutubxonachilari bilan birgalikda Ingliz dramaturgi va shoiri Uilyam Shekspirning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab uning hayoti va bosib o‘tgan yo‘llari shuningdek Shekspir Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlanganligi. Uning faoliyati taxminan 15 yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi deb hisoblangan truppasida 2-darajali rollarni ijro etganligi va shu truppa uchun pyesalar yozganligi haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.
📌Ma’lumot bibliografiya xizmati rahbari B. Qosimbetova tomonidan virtual ko‘rgazma tashkil etildi.
