19May-2025
“Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari ” mavzusida Qorao’zak tumanlar aro Qo’riqlash xizmati mutaxasislari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
📚O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida” gi 2023- yil 7- fevraldagi PQ-46-son qarori va Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 21-fevraldagi 13-sonli buyrugi ijrosini ta’minlash maqsadida “Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari ” mavzusida Qorao’zak tumanlar aro Qo’riqlash xizmati mutaxasislari bilan Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari – bu insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini kafolatlashi haqida davra suhbati bo’lib o’tdi
