24Oct-2025
Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan 16-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida «Yil ayoli» tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
#Yil_ayoli_milliy_tanlovi
💥O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan 16-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida «Yil ayoli» tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⭐️Tanlovda 13 ta ovul va mahalla fuqarolar yig‘inidagi faol, iqtidorli, ijodkor, ishbilarmon ayollar ishtirok etdi.
🌟Tanlovda ishtirokchilar 3 shart bo‘yicha bellashib, hakamlar tomonidan baholanib borildi.
✨Tanlov yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha yuqori ball to‘plagan g‘oliblar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
⚡️Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan xotin-qizlarimiz qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Bu tanlovga tuman Axborot kutubxona markazi mutaxasisi qatnashdi va «O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli» nominatsiyasi sohibasi bo‘ldi.
