14Nov-2025
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va tumanimiz aholisining «Muzey-o‘tmish oynasi» nomli ma’naviyat va ma’rifat saroyi qoshidagi tuman tarixi muzeyiga sayohati tashkil etildi.
#INFOLIB_O‘ZBEKISTON_2025_haftaligi
📌O‘zbekiston Respublikasi Oliy fan va innovatsiyalar Vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi «2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik kechalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 490-sonli buyrug‘iga asosan, shu yilning 10-14-noyabr kunlari «INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazish rejalashtirildi.
Shu munosabat bilan Milliy qadriyatlarimizni keng tushuntirish, ularni milliy madaniy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Qorao‘zak tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va tumanimiz aholisining «Muzey-o‘tmish oynasi» nomli ma’naviyat va ma’rifat saroyi qoshidagi tuman tarixi muzeyiga sayohati tashkil etildi.
Tashrif davomida tashkilotchilar tomonidan tumanimiz tarix muzeyi o‘zida boy tarixiy merosimizni, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy faoliyatini, milliy qadriyatlarimiz va zamonaviy yutuqlarimizni mujassam etishi haqida to‘xtalib o‘tildi. Sayohat davomida ishtirokchilar muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishib, katta taassurotlar bilan qaytdi.
