14Nov-2025
11-Noyabr kasaba uyushmasi kuni munosabati bilan kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan shaxmat-shashka sport o‘yini o‘tkazildi.
#INFOLIB_2025
Qorao‘zak tumani axborot-kutubxona markazida 11 noyabr kasaba uyushmasi kuni munosabati bilan kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan shaxmat-shashka sport o‘yini o‘tkazildi. Kasaba uyushmalari nafaqat mehnat sohasida, balki xodimlar o‘rtasida madaniy va sport tadbirlarini tashkil etishda ham faol ishtirok etadi. Muxtasar aytganda: Kasaba uyushmalari «Zakovat» intellektual o‘yinlari, sport musobaqalari va madaniy kechalarni o‘tkazishda muhim hamkor hisoblanadi.Bugungi axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o‘rtasida shaxmat-shashka sport o‘yini bo‘lib o‘tdi hamda musobaqa ishtirokchilariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shaxmat-shashka sport o‘yini Qorao‘zak tumani Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Tuman kengashi tomonidan tashkil etildi.
