27Nov-2025
“Gender tenglik-taraqqiyot kafolati” mavzusida maqolalar, kitoblar, axborot-byulleten va rasmiy hujjatlar namoyish etiladigan maxsus ko‘rgazma burchagini yaratildi.
#Gender_tenglik_taraqqiyot_kafolati
⚡️Joriy yilda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglikni ta’minlash va oilaviy munosabatlar mustahkamligini kuchaytirish maqsadida Respublika komissiyasi rahbarligida barcha hududlarda 25-noyabrdan 10-dekabrgacha ushbu kampaniyani «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» mavzusida tashkil etish rejalashtirilgan.
✨Shu munosabat bilan mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida 2025-yil 25-noyabr – 10-dekabrgacha mamlakatimizda «Ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» shiori ostida «16 kunlik faollik» kampaniyasini tashkil etish bo‘yicha dastur loyihasi ishlab chiqildi.
💫Dastur loyihasi doirasida tuman Axborot kutubxona Markazi “Gender tenglik-taraqqiyot kafolati” mavzusida maqolalar, kitoblar, axborot-byulleten va rasmiy hujjatlar namoyish etiladigan maxsus ko‘rgazma burchagini yaratildi.
